BARCHA YANGILIKLAR

UYUSHMANING RAQAMLARDAGI FAOLIYATI

2023 yil

Korxonalar soni
501
ta
Investitsiya hajmi
218
mln dollar
Eksport hajmi
455,4
mln dollar
Yalpi ichki maxsulotdagi ulushi
0.8
%
Ishlab chiqarilgan charm
2,1
mlrd. kv dm.
Ishlab chiqarilgan poyabzallar
160,2
mln juft
Charm attorlik maxsulotlari
123,4
mlrd so'm
Ishchi xodimlar soni
46 982
ming nafar

Savol-javoblar

  • “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi qanday tashkilot?

    “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3693-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan boʻlib “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
  • “Oʻzcharmsanoat” uyushmasiga kimlar aʼzo boʻlishi mumkin?

    “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi tarkibiga charm, moʻyna xom ashyosi va junni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda soʻyish, jun, qorakoʻl va sunʼiy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, shuningdek, boshqa tashkilotlar ixtiyoriy ravishda aʼzo boʻlishlari mumkin.
  • “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi faoliyati qanday tashkil qilinadi?

    “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi aʼzolarning erkinligi, tengligi, oʻz - oʻzini boshqarishi, qonunchilik va oshkoralik tamoyillariga asoslangan va amal qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-sonli “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga hamda Uyushma ustaviga binoan faoliyat yuritadi.

  • “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari qanday?

    Uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:

    Uyushma aʼzolari - tashkilotlarning xoʻjalik faoliyatiga chorva mollarini soʻyish va teri tayyorlashdan xom ashyoni chuqur qayta ishlash hamda charm-poyabzal, charm-attorlik, moʻyna, qorakoʻl va jundan ishlangan tayyor mahsulot va buyumlar ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayonning barcha bosqichlarida koʻmaklashish;

    korxonalarda ilgʻor texnologiyalarni, xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini tatbiq etishni ragʻbatlantirish, Uyushma aʼzolari - tashkilotlarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga har tomonlama koʻmaklashish;

    talabi yuqori boʻlgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish, ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan import oʻrnini bosuvchi va raqobatbardosh mahsulotlar bilan toʻldirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

    ichki va tarmoqlararo kooperatsiyani, jumladan, charm, moʻyna xom ashyosi va junni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, shuningdek, chorvachilik xoʻjaliklari, furnitura va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish;

    charm-poyabzal, moʻyna, qorakoʻl mahsulotlari hamda jundan ishlangan buyumlar segmentlarida ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini tizimli ravishda olib borish, tarmoqlarning eksport salohiyatini kengaytirishni qoʻllab-quvvatlash, modellashtirish va brendlash boʻyicha eng yangi innovatsion ishlanmalardan foydalangan holda xom ashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ilgʻor axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini keng joriy etish;

    malakali kadrlar tayyorlash va tarmoqning ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarishni xom ashyo va materiallarning ekologik toza turlaridan foydalangan holda tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish, taʼlim va fanning oʻzaro integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

    Uyushma aʼzolari - tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar oʻtkazish jarayonida, shuningdek, sudlarda ishlarni koʻrishda himoya qilish va boshqalar.

  • “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hududlardagi faoliyati qanday tashkil etiladi?

    “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari orqali hududlardagi faoliyatini tashkil etadi.
  • “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi aʼzolari qanday huquqlarga ega?

    “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:

    Uyushma faoliyati haqida maʼlumotlar olish;

    Uyushmaning axborot bazasi maʼlumotlariga kirish imkoniga ega boʻlish, ilmiy-uslubiy maʼlumotlaridan foydalanish;

    Uyushma faoliyati boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini kiritish, ularni koʻrib chiqilishida va muhokama qilinishida ishtirok etish;

    Uyushma faoliyatiga tegishli barcha masalalar boʻyicha qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish;

    Uyushma faoliyati, uning reja va dasturlari haqidagi maʼlumotlarni olish;

    Uyushma boshqaruv organlaridan umumiy yigʻilish qarorlari bajarilishi ahvoli va oʻz takliflari haqidagi maʼlumotlarni talab qilish;

    Uyushmaning umumiy va navbatdan tashqari yigʻilishlari kun tartibiga takliflar kiritish;

    Uyushmaning rahbarlik organlariga uning faoliyati bilan bogʻliq har qanday masalalar boʻyicha murojaat qilish;

    Uyushmaning aniq dastur va loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish;

    Uyushma ijro organlari xizmatlaridan foydalanish;

    Uyushma Ustaviga muvofiq, Uyushma boshqaruvi organlariga nomzodlarni taklif qilish va saylash;

    Uyushmaning xizmatlaridan begʻaraz asosda foydalanish;

    Umumiy yigʻilishlarda ovoz berish paytida teng ovoz soniga ega boʻlish;

    Uyushmaga maslahat, uslubiy va boshqa yordam yuzasidan murojaat qilish;

    Uyushma aʼzoligidan belgilangan tartibda chiqish.

HUDUDIY BOSHQARMALAR

Uzcharmsanoat