“O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, charm-poyabzal ishlab chiqarish va savdo infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan bir qator loyihalar bilan tanishdi.
Jumladan, Qo‘shtepa tumani “Nurafshon” mahallasidagi bo‘sh 9 gektar yer maydonida ikki qavatli savdo do‘konlari, charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish binolarini barpo etish loyihasi ko‘rib chiqildi.
Loyihalarda kosiblar uchun tayyor ish joylarini tashkil etish, poyabzal, charm-attorlik mahsulotlarini shu yerning o‘zida ishlab chiqarish va sotish imkoniyatini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu kosiblarga ishlab chiqarish va savdo faoliyatini bir joyda yo‘lga qo‘yish uchun qulay sharoit yaratadi.
Tashrif davomida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ular tomonidan ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar atroflicha o‘rganilib, joyida hal etildi hamda savollarga batafsil javob berildi.
Uzcharmsanoat