Uyushmaga a'zo bo'lish tartibi

1. “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lish tartibi

1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘grisida” 2018 yil 3 maydagi PQ-3693-son qaroriga muvofiq mulkchilikning turli shakllaridagi yirik va mayda shoxli mollarni avtomatlashtirilgan holda so‘yish va terisini tayyorlash, charm, charmni qayta ishlash, charm mahsulotlari, shuningdek, butlovchi buyumlar, furnitura, aksessuarlar, poyabzal qoliplari, sun’iy charm, poyabzal, charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish, mo‘yna va junni tayyorlash, qayta ishlash va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda Uyushma nizomiga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar “O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zoligiga qabul qilinadi.

1.2. Korxonalar uchun “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lish ixtiyoriy hisoblanadi.

1.3. “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zolik “O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zolari Umumiy yig‘ilishining 2018 yil 10 iyuldagi 3-sonli bayoni bilan tasdiqlangan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zoligiga qabul qilish va a’zolikdan chiqarish tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.

1.4. “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zolikka kirish uchun tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Uyushmaga a’zo bo‘lish to‘g‘risida Uyushma raisi nomiga murojaat xati yo‘llanadi.

1.      Korxona Nizomi (yoki Ustavi)dan nusxa;

2.      Korxonaning yuridik shaxs guvoxnomasi nusxasi;

3.      Korxona ahbarining ma’lumotnomasi (obektivkasi) va 4 dona (3 x 4 o‘lchamdagi) rasmi;

4.      Oxirgi yillik balans nusxasi, 1-2 forma (yangi tashkil etilgan korxonalar uchun talab etilmaydi);

5.    Rahbar va bosh hisobchini lavozimga tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq nusxasi va ta’sischilar bayoni (nusxasi);

6.      Korxonaning joriy yil uchun prognoz rejasi (belgilangan formada to‘ldirish kerak);

7.      Korxonaning pasporti (belgilangan formada to‘ldirish kerak);

8.      Uyushma hududiy boshqarmasining korxona faoliyati bo‘yicha xulosa xati;

9.      Korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarining “Prays listi” (yoki mahsulotning nomi, modeli, rusumi, narxi to‘g‘risidagi elektron ko‘rinishdagi ma’lumot).

1.5. Uyushmaga taqdim etilgan hujjatlar Uyushmaning Ishchi guruhida ko‘rib chiqiladi va natijasi bo‘yicha tegishlicha mazmundagi xulosa rasmiylashtiriladi. Xulosa ijobiy bo‘lganida mazkur korxonani Uyushma tarkibiga qabul qilish masalasi Uyushma Boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Boshqaruv qarori qabul qilinganidan so‘ng korxona va Uyushma o‘rtasida “A’zolikka qabul qilish to‘g‘risida shartnoma” imzolanadi.

 

 

NAMUNA

 

A’zolikka kirish uchun Uyushmaga taqdim etilishi lozim bo‘lgan murojaat xati namunasi

 

20__ yil   ____ ____________

№ __________

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

raisi  F. Boboyevga

Hurmatli Faxriddin Atoyevich!

 

Sizga shuni ma’lum qilamizki, bizning

 “______________________________________________”  MCHJ (XK, OK) ning asosiy faoliyat turi:

____________________________________________________________

Yuqoridagilarni inobatga olib, korxonamizni “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibiga qabul qilishingizni so‘raymiz.

Uyushma Ustavi bilan to‘liq tanishdim, kirish va a’zolik badallarini o‘z vaqtida to‘lab berishga kafolat beraman.

Bizning rekvizitlarimiz: 

Manzili:_________________________

 

H/raqami : ________________________

 

Banki:  ___________________________

 

MFO:____________________________

 

STIR (INN): _____________________

 

IFUT (OKED): ____________________

 

Tel:______________________________

 

                                   

Raxbar                                          _________________

                           M.O‘.

Uzcharmsanoat