Qashqadaryoda charm-poyabzal sanoati: muammolar o‘rganildi, amaliy yechimlar belgilandi

23.10.2026

Qashqadaryoda charm-poyabzal sanoati: muammolar o‘rganildi, amaliy yechimlar belgilandi

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi Uzshoes, Premium Capital, Uzteks va Qarshi Leather korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida korxonalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlar, faoliyatni kengaytirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Aniqlangan muammolar joyida o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy yechim va takliflar ishlab chiqildi. Shuningdek, korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur tashrif hududdagi charm-poyabzal sanoati salohiyatini yanada oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi rivojlanish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.

Uzcharmsanoat