“Nafis Charm” korxonasida ishlab chiqarish va eksport masalalari o‘rganildi

20.10.2026

“Nafis Charm” korxonasida ishlab chiqarish va eksport masalalari o‘rganildi

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati Namangan viloyatidagi “Nafis Charm” korxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida xom teriga dastlabki ishlov berishdan boshlab, “Wet Blue”, “Crust” va “Finish” bosqichlarigacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish sikli bilan yaqindan tanishildi. Xom terini tayyorlash, oshlash, qayta oshlash, bo‘yash, yog‘lash, quritish hamda tayyor charmga yakuniy pardoz berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Korxona faoliyatidagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, korxona mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Uzcharmsanoat