✅ Hurmatli yurtdoshlar, aziz tadbirkorlar! Sizni, oila aʼzolaringizni va barcha yaqinlaringizni yangi yil bayrami munosabati bilan chin qalbdan samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarni izhor etamiz!
CHARM-POYABZAL VA MOʻYNACHILIK TARMOGʻINING YIL SARHISOBI VA 2022-YIL UCHUN REJALAR
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasining markaziy apparati hamda uyushmaning hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida Prezident Administratsiyasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari, uyushma masʼul xodimlari ishtirokida soha tadbirkorlari bilan yuzma-yuz va videokonferensaloqa formatida ochiq muloqot tashkil etildi.
XALQARO HAMKORLIK: XORIJDAGI ELCHILARIMIZ CHARM-POYABZAL TAROMGʻINI YANADA RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA ISHLAB CHIQILGAN KONSEPSIYA BILAN TANISHDI
Oʻzbekistonning geosiyosiy joylashuvi koʻplab xorijiy davlatlar bilan xususan, Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan foydali savdo aloqalarini yoʻlga qoʻyishda keng imkoniyatlarni ochadi.
14-18-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Oʻzekspomarkaz” AJ milliy koʻrgazmalar majmuasida boʻlib oʻtgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi ham oʻzining jamoaviy stendi bilan ishtirok etdi.
TRADE MISSION: CHARM-POYABZAL YOʻNALISHIDA OʻZBEKISTON-YEVROPA HAMKORLIK MULOQTLARI
Joriy yilning 1-10-dekabr kunlari “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati va uyushmaga aʼzo korxonalar Yevropaning eng yirik davlatlarida boʻlib, mamlakatimizning charm-poyabzal tarmogʻidagi soʻngi islohotlar va bu yoʻnalishdagi hamkorlikning yangi qirralarini ochish boʻyicha Yevropalik ekspertlar, biznes vakillari va ishlab chiqaruvchilar bilan muloqotlarga kirishdi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida “TATA SHOES GROUP” MCHJ tasischisi Xitoylik investor WANG NAIHE bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda Xitoylik investorning yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflari atroflicha muhokama qilindi.
ROSSIYANING “MAKFINE” KOMPANIYASI OʻZBEKISTONGA INVESTITSIYA KIRITADI
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida Rossiyaning “MakFine” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot mavzusi investitsion hamkorlik va yangi loyihani amalga oshirish boʻldi.
BIOT-2021: XAVFSIZLIK VA MEHNAT MUHOFAZASI SOHASI UCHUN YANGI ISHLANMALAR PLATFORMASI
Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida 7-10-dekabr kunlari BIOT-2021 “Xavfsizlik va mehnat muhofazasi” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. 25- bor oʻtkazilgan ushbu yirik anjumanda dunyoning 40 dan ortiq davlati ishtirok etdi. Ular orasida Oʻzbekistonlik tadbirkorlar ham faol ishtirok etdi.