BIOT-2023: OʼZBEKISTON KORXONALARI 1 MLN. DOLLARLIK EKSPORT SHARTNOMALARINI TUZDI
Xususan, “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi hamda MDH davlatlarini iqtisodiy rivojlantirish ishbilarmonlik markazi oʼrtasida charmsanoat sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalasida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Muloqotda ayni tarmoqda faoliyat olib borayotgan ikki davlat korxonalarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, eksport-import, transport-logistika, imtiyozlar ajratish masalalari muhokama etildi.
Mamlakatimiz charmsanoati yutuqlari Bokuda namoyish etilmoqda
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida joriy yilning 21-25 noyabr kunlari BMT markaziy Osiyo iqtisodiyoti boʼyicha maxsus dasturi (SPEKА) haftaligi doirasida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev mazkur davlatning qator yirik kompaniyalari rahbarlari, charm-poyabzal ishlab chiqaruvchilari va investorlar bilan manfaatli muloqot va muzokarlar oʼtkazmoqda.
“Peng Sheng Charm”QK Xitoyda 17 mln. АQSh dollarlik shartnoma imzoladi
Аyni kunlarda Oʼzbekiston hukumati delegatsiyasi XXRda boʼlib turibdi. Tashrif davomida mamlakatimiz sanoat tarmoqlari vakillari chin yurtining yirik kompaniyalari va investorlari bilan oʼzaro hamkorlikni kengaytirish boʼyicha manfaatli kelishuv va shartnomalarni imzolashmoqda.