TRADE MISSION: CHARM-POYABZAL YOʻNALISHIDA OʻZBEKISTON-YEVROPA HAMKORLIK MULOQTLARI
Joriy yilning 1-10-dekabr kunlari “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati va uyushmaga aʼzo korxonalar Yevropaning eng yirik davlatlarida boʻlib, mamlakatimizning charm-poyabzal tarmogʻidagi soʻngi islohotlar va bu yoʻnalishdagi hamkorlikning yangi qirralarini ochish boʻyicha Yevropalik ekspertlar, biznes vakillari va ishlab chiqaruvchilar bilan muloqotlarga kirishdi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida “TATA SHOES GROUP” MCHJ tasischisi Xitoylik investor WANG NAIHE bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda Xitoylik investorning yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflari atroflicha muhokama qilindi.
ROSSIYANING “MAKFINE” KOMPANIYASI OʻZBEKISTONGA INVESTITSIYA KIRITADI
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida Rossiyaning “MakFine” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot mavzusi investitsion hamkorlik va yangi loyihani amalga oshirish boʻldi.
BIOT-2021: XAVFSIZLIK VA MEHNAT MUHOFAZASI SOHASI UCHUN YANGI ISHLANMALAR PLATFORMASI
Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida 7-10-dekabr kunlari BIOT-2021 “Xavfsizlik va mehnat muhofazasi” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. 25- bor oʻtkazilgan ushbu yirik anjumanda dunyoning 40 dan ortiq davlati ishtirok etdi. Ular orasida Oʻzbekistonlik tadbirkorlar ham faol ishtirok etdi.
ROSSIYA “KOTOFEY” KOMPANIYASI O'ZBEKISTON POYABZAL KORXONALARI BILAN HAMKORLIK QILISHNI REJALASHTIRMOQDA
“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Rossiya bozorida “Kotofey” savdo belgisi ostida bolalar va o‘smirlar poyabzallarini ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan “Egoryevsk-Obuv” AJ bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TRANSCHEGARAVIY HAMKORLIKNING YANGI OʻSISH NUQTASI: QOZOGʻISTONDA III HUDUDLARARO HAMKORLIK FORUMI BOʻLIB OʻTDI
Qozogʻiston Respublikasining Turkiston shahrida Oʻzbekiston-Qozogʻiston III hududlararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi. Anjumanda ishtirok etgan mamlakatimiz delegatsiyasining roʻyhatidan ushbu forumning ahamiyati yuqori ekanligini bilish mumkin.