2024/04/26

“KIOSH 2024” 12- mehnat muhofazasi va sanoat havfsizligi xalqaro ko`rgazmasi

“KIOSH 2024” 12- mehnat muhofazasi va sanoat havfsizligi xalqaro ko`rgazmasi
     Qozog`iston Respublikasi poytaxti Ostona shahri mezbonlik qiluvchi mazkur anjuman mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligini taʼminlash uchun shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari, asbob-uskunalar va texnologiyalar boʻyicha eng soʻnggi yutuqlarni namoyish etish imkoniyatini beruvchi noyob platformadir. Ko`rgazma tadbirkorlik faoliyati, yangi turdagi mahsulot va xizmatlar bilan tanishish hamda ularni o‘rganish, bozor talab-taklifini baholash, foydali bitimlar va shartnomalar tuzishga xizmat qiladi.
     “O`zcharmsanoat” uyushmasi mahalliy tadbirkorlarimizni “KIOSH 2024” ko`rgazmasida ishtirok etishga taklif etadi.
       "KIOSH-2024" ko`rgazmasi 2024 yilning 29-31 may kunlari Ostona shahrining "Ostona Expo" xalqaro ko`rgazmalar majmuasida bo`lib o`tadi

   Qo`shimcha ma`lumot uchun +998977062705 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Uzcharmsanoat