«O‘zcharmsanoat» uyushmasi tomonidan Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ko‘magida charm-poyabzal korxonalari mutaxassislari uchun «Terini qayta ishlash va oshlash» mavzusida o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
Mazkur o‘quv kurslarining maqsadi — sohadagi mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish, terini qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda mahalliy korxonalar raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
O‘quv kurslarida ishtirok etish uchun charm-poyabzal korxonalari mutaxassislari taklif etiladi.
O‘zbekiston-Koreya texnoparki
Ishtirok etish masalalari bo‘yicha: +998997890704
Uzcharmsanoat