O‘zbekiston va Xitoy charm-poyabzal sanoatida hamkorlikni kengaytirmoqda

11.11.2026

O‘zbekiston va Xitoy charm-poyabzal sanoatida hamkorlikni kengaytirmoqda

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi vakillari Xitoyning Guanchjou shahrida “Guangzhou Footwear Association” uyushmasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda ikki mamlakat charm-poyabzal korxonalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma investitsiya loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan charm-poyabzal mahsulotlarini Xitoy bozoriga olib chiqish, mahalliy distribyutorlar bilan hamkorlik o‘rnatish hamda yangi eksport yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv ikki davlat korxonalari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yangi ishlab chiqarish hamda savdo loyihalarini amalga oshirish uchun muhim qadam bo‘ldi.

Uzcharmsanoat