«O‘zcharmsanoat» uyushmasi, tarmoq korxonalari hamda «Uzbek Leasing International» kompaniyasi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida charm-poyabzal sanoati korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi uskunalar va texnologik liniyalarni xarid qilish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan moliyaviy takliflar taqdim etildi.
Tadbirkorlarga quyidagi moliyalashtirish imkoniyatlari tanishtirildi:
- Loyihaviy lizing — 1 yildan 5 yilgacha;
- Ekspress-lizing — 1 yildan 3 yilgacha;
- Islomiy moliyalashtirish («Ijara» va «Murobaha») — 1 yildan 5 yilgacha.
Taqdimotda kompaniyaning poyabzal sanoatidagi amaliy tajribasi ham yoritildi. Jumladan, Samarqand viloyatidagi «Fovorite shoes» korxonasiga 398,2 ming AQSH dollari, «AMIR-UL-BAXR VMG» korxonasiga esa 597,8 ming AQSH dollari qiymatidagi ishlab chiqarish uskunalari va texnologik liniyalar lizing asosida moliyalashtirilgani qayd etildi.
Tashabbusning asosiy maqsadi — soha korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, yangi loyihalar va ish o‘rinlarini yaratish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda eksport salohiyatini mustahkamlashdan iborat.
Uzcharmsanoat