Bugun, 7-oktabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida poyabzal sanoati, charm mahsulotlari va turdosh yo‘nalishlarning yetakchi ishlab chiqaruvchilari hamda vakillarini birlashtirgan AYMOD xalqaro ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi v.b. Aliyor Latipov boshchiligida ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida O‘zbekistonning charm-poyabzal sanoatida faoliyat yuritayotgan 20 ga yaqin tadbirkor Istanbulga tashrif buyurdi. Shuningdek, 10 ga yaqin O‘zbekiston kompaniyasi ko‘rgazmada o‘z stendlari bilan ishtirok etmoqda.
O‘zbek korxonalarining AYMOD ko‘rgazmasidagi ishtiroki mahalliy mahsulotlarni xalqaro maydonda namoyish etish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, xorijiy hamkorlarni jalb qilish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Ko‘rgazma o‘z ishini davom ettirmoqda. O‘zbekistonlik tadbirkorlarning xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlari va muzokaralari davom etmoqda.
Made in Uzbekistan — xalqaro maydonda!
Uzcharmsanoat