“BIR KAMAR-BIR YO`L” LOYIHASI DOIRASIDA YANGI TASHABBUSLAR

20.04.2024

“BIR KAMAR-BIR YO`L” LOYIHASI DOIRASIDA YANGI TASHABBUSLAR

  XXRda bo`lib o`tayotgan 25-Jinjiang poyabzal mahsulotlari va 8-sport sanoati xalqaro koʼrgazmalarining navbatdagi ish kunida “Bir kamar-bir yo`l” loyihasi doirasida charm sanoat sohasida milliy tashabbuslarni qo`llab-quvvatlash va yangi takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan forum bo`lib o`tdi.
  Unda SHXTga va “Bir kamar-bir yo`l” loyihasiga a`zo davlatlarning charm sanoati sohasidagi uyushmalari, kompaniyalar, brendlar, bayerlar ishtirok etdi. Forum kun tartibidan o`zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, yangi qo`shma loyihalarni amalga oshirish masalalari o`rin oldi.
  Shuningdek, forumda “O`zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan mamlakatimiz charm sanoatining ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati taqdimoti o`tkazildi. Davlat tomonidan xorijiy va mahalliy sarmoyadorlarga berilayotgan imtiyozlar, ajratilgan preferensiyalar haqida ma`lumot berildi.
  Forum ishtirokchilari o`zaro savododa transport-logistika, bojxona masalalarini muhokama qilishdi. Ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan bo`g`liq aloqalarni kengaytirish, kadrlar tayyorlash bo`yicha takliflar ko`rib chiqildi. Maqbul ishlab chiqarish xarajatlari va keng bozor talablari yuzasidan fikr almashildi.
  Qayd etish kerak, “Bir kamar-bir yo`l” loyihasiga a`zo davlatlarning charm sanoati yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Imkoniyatlar kengiligi sabab, hamkorlik har tamonlama manfaat keltirish tabiiy. Shuningdek boy kadrlar, maqbul mehnat kuchiga egaligi bilan bu yo`nalishda lider sanaladi. Forum yangi biznes loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur sharoitni yaratdi.
  Forum doirasida B2B, G2B shaklidagi muloqot va muzokalar bo`lib o`tdi. Unda mamlakatimiz kompaniyalari Xitoy, Rossiya, Nepal, Bangladesh, Italiya kompaniyalari bilan muzorkalar o`tkazdi.
  Xususan, “Cast Shoes” MCHJ va Xitoyning “ZH&RENY” va “PODARCEK” kompaniyalari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda to`qima sport poyabzallarini ishlab chiqishda zarur bo`lgan tekstil materiallari savdosini amalga oshirish masalasi bo`ldi. Yangi turdagi poyabzal mahsulotlarining modellarini ishlab chiqish bo`yicha firk almashildi. “Ravon Taraqqiyot Orzusi” MCHJ esa “Hongtushoes” kompaniyasi bilan “Autsorsing” asosida ishlashning istiqbollarini muhokama qildi. Xitoy kompaniyasi mamlakatimizning charm sanoati rivojlanib, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda  yetakchilar qatoridan joy olayotganini takidladi.
  Shuningdek, ko`rgazma doirasida mahalliy korxonalarimiz ko`plab davlatlar kompaniyalari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni o`rnatish yuzasidan muzokaralar o`tkazmoqda.

Uzcharmsanoat