“Made in Uzbekistan” yorligʼi ostidagi poyabzal mahsulotlari ilk bor Xitoyda

19.04.2024

“Made in Uzbekistan” yorligʼi ostidagi poyabzal mahsulotlari ilk bor Xitoyda

XXRning poyabzal sanoati poytaxti Fujianda 25-Jinjiang poyabzal mahsulotlari va 8-sport sanoati xalqaro koʼrgazmalari oʼz ishini boshladi. Ushbu yirik anjumanlarda “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo 20 dan ortiq korxonalardan iborat delegatsiya ilk bor ishtirok etmoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan xorijiy hamkorlarga “Made in Uzbekistan” yorligʼi tushirilgan poyabzal va sport mahsulotlarining 100 dan ortiq turdagi modellari taqdim etilmoqda.
Bugun globallashuv rivojlanib, jahon savdo bozorida raqobat kuchayib borayotgan bir davrda ShXTga aʼzo davlatlar oʼrtasida “Bir kamar-bir yoʼl” dasturi doirasida charm-poyabzal sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirshga alohida urgʼu berilmoqda. Joriy yilgi koʼrgazma esa aynan ushbu maqsadlarni oʼz ichiga qamrab oladi. Sharqdan-gʼarbga, shimoldan- janubga qadar uzaygan ushbu ikki koʼrgazmada ellikga yaqin davlatdan besh yuzga yaqin kompaniyalar, bayerlar, brendlar ishtirok etmoqda.
Oʼzbekiston milliy pavilioni esa ushbu ikki anjumanning yangiligi boʼldi. Mahalliy korxonalarimiz chet-el kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi eksport bozorlariga kirib borish, tarmoqdagi soʼngi tendentsiyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida muloqot va muzokaralarga kirishgan
Xususan, koʼrgazmaning dastlabki ish kunida oʼzbekistonlik tadbirkorlar Xitoy, Pokiston, Rossiya, Bangladesh kabi mazkur sohaning yirik ishtirokchilari bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, eksport yoʼnalishlarida hamkorlik qilish boʼyicha muzokara oʼtkazdi. Pokiston poyabzal mahsulotlar uyushmasi rahbariyati bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvda tomonlar mazkur mamlakat kapitali asosida investitsiya loyihasini amalga oshirish masalasini koʼrib chiqdi. Muloqotda Pokiston tomoni mamlakatimiz charm sanoatida soʼngi yillardagi oʼzgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotagnini takidladi. Davlat tomonidan sarmoyadorlarga berilayotgan eʼtibor esa Pokiston kompaniyalarida katta qiziqishlarga sabab boʼlmoqda. Shu maqsadda mamlakatimizda mazkur davlat bilan birgalikda tayyor poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonani barpo etish reja qilingan. Kelgusi oyda Pokiston kompaniyasi Oʼzbekistonga tashrif buyurib kelishuv imzolashi kutilmoqda
Xitoyning “Xiamen Xiangi New Material” kompaniyasi bilan Oʼzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan xom ashyoni yetkazib berish boʼyicha muzokara olib borildi. Mamlakatimiz korxonalari poyabzal tagliklari uchun zarur bolgan bu turdagi xom ashyo ishlab chiqarishda yangi texnologiya ekanligini qayd etdi.
Shuningdek, “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi hamda Xitoyning “Top Repute” koʼrgazma va anjumanlar agentligi bilan turli darajadagi koʼrgazma va forumlarni oʼtkazishning istiqbollari koʼrib chiqildi. Shuningdek, tomonlar oʼzaro manfaatli kelishuv asosida ikki mamlakatda boʼlib oʼtadigan xalqaro charm sanoat mahsulotlari koʼrgazmasida milliy pavilionlarni tashkil etish boʼyicha fikr almashdi. Xitoy agentligi kuzda Toshkentda boʼlib oʼtadigan “UzCharmExpo-2024” xalqaro koʼrgazmasida chin yurti korxonalari bilan ishtirok etadigan boʼldi.

Uzcharmsanoat