Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalari uchun Oʼzbekiston tayyor charm yetkazib beradi

30.03.2023

Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalari uchun Oʼzbekiston tayyor charm yetkazib beradi

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasining Janubiy Koreyaga amalga oshirgan tashrifi davomida mazkur mamlakatning avtomobilsozlik korxonalari uchun charm mahsulotlarini yetkazib beruvchi “JM” kompaniyasi bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Muloqotda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan charm mahsulotlar sifati, xom ashyo bazasi, korxonalarda qoʼllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, invest muhit toʼgʼrisida Koreya kompaniyasiga batafsil maʼlumot berildi.

“JM” kompaniyasi Janubiy Koreyadagi eng yirik charm ishlab chiqaruvchi korxona sanaladi. Bu yerda tayyorlanayotgan charm mahsulotlar asosan Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalarining avtomobillariga yetkazib beriladi. Kompaniyaning yillik daromadi 250 million dollarni tashkil etadi. 1 milliard dollar evaziga barpo etilgan ishlab chiqarish korxonasi toʼliq Italiya va Germaniya texnologiyalari bilan jixozlangan.

Muloqotda kompaniya Oʼzbekistonda soʼngi yillarda charmsanoat sohasidagi oʼzgarishlar va yangilanishlardan habardor ekanligi, shu sabab charmning ikkilamchi va tayyor xoldagi koʼrinishini aynan mamlakatimizdan xarid qilishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

 Shuningdek, “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar sifati bilan yaqindan tanishdi. Shu yerning oʼzida “JM” kompaniyasi vakillariga respublikamizning 16 ta hududida tashkil etilgan KSZlari va ularda charmsanoat sohasiga yoʼnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish boʼyicha biznes takliflar taqdim etildi. 

Kompaniya Toshkent viloyatida qoʼshma korxona ochish va u yerda ishlab chiqariladigan charmni Janubiy Koreya bozoriga va avtomobilsizlik sohasidagi yirik kompaniyalarga yetkazib berish boʼyicha oʼz tashabbuslarini bildirdi.

 Kompaniya delegatsiyasi aprelь oyida Toshkentga tashrif buyurib charm ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar bilan muzokarlar oʼtkazishga va amalga oshiriladigan loyihalarni muhrkama qililb olishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

 Shunday qilib, Oʼzbekistonda tayyorlanayotgan charm mahsulotlar kelgusida Janubiy Koreyaning yirik avtomobil zavodlarida ishlab chiqarilayotgan avtoulovlarda qoʼllanila boshlanadi.

Uzcharmsanoat