ALIBABA.COM: B2B PLATFORMASI IMKONIYATLARI HAQIDA TAQDIMOT

14.10.2022

ALIBABA.COM: B2B PLATFORMASI IMKONIYATLARI HAQIDA TAQDIMOT

Alibaba Group korporatsiyasi “UzCharmExpo-2022” 13-xalqaro koʻrgazma-yarmarkasi doirasida oʻzbekistonlik tadbirkorlar uchun mazkur platforma  imkoniyatlari, undan foydalanish, tehnik ko`mak ko`rsatishga oid taqdimot oʻtkazdi.

Alibaba.com saytining MDH mamlakatlaridagi rasmiy servis hamkori hisoblangan “MD-Insight” MChJ bosh direktori Mariya Kadantseva platformaning afzalliklari, uning xususiyatlari va xalqaro B2B bozoriga chiqish imkoniyatlari haqida batafsil ma`lumot berdi.


Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston charm-poyabzal sanoati korxonalarining ommabop onlayn savdo maydonchasiga kirishi eksport hajmini qo‘shimcha 50-80 million dollarga oshiradi, poyabzal, charm buyumlar, mo‘ynali kiyimlar eksporti geografiyasini kengaytiradi. Ulgurji va chakana savdo korxonalari, shuningdek, 190 ga yaqin xorijiy davlatlarning bevosita iste'molchilari bilan to'g'ridan-to'g'ri savdo aloqalarini o'rnatishiga xizmat qiladi.

Uzcharmsanoat