O`zbekiston charm sanoati yutuqlari Turkiyada namoyish etilmoqda

06.06.2024

O`zbekiston charm sanoati yutuqlari Turkiyada namoyish etilmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amalga oshirgan amaliy tashrifi doirasida Anqara shahrida “Made in Uzbekistan” mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining ko`rgazmasi tashkil etildi. Unda “O`zcharmsanoat” uyushmasi va unga a`zo korxonalar ham jamoaviy stend bilan ishtirok etmoqda.
Ko`rgazma ekspozitsiyasidan 20ga yaqin mahalliy korxonalarimizning tayyor charm, poyabzal, charm-attorlik buyumlari, qorako`l mo`yna va jun mahsulotlarining 100da ortiq turdagi na`munalari joy egallagan. Shuningdek, ko`rgazmada import o`rnini bosuvchi xom-ashyo va kimyoviy moddalar ham Turkiya tomoniga taqdim etilmoqda.
Ko`rgazma doirasida Uyushma raisi vazifasini bajaruvchi Akbar Sultanov Turkiyaning “Gerede Jelatin” kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi. Muloqotda xalol sertifikatiga ega jelatin mahsulotini mamlakatimizda ishlab chiqarish masalasi muhokama etildi. Turk kompaniyasi bu borada mahalliy korxonalarimizga amaliy ko`mak ko`rsatishga tayyor ekanligini ma`lum qildi.
“Arastu” xalqaro investitsiya kompaniyasi esa O`zbekistonda mutaxasisslar tayyorlashga ixtisoslashgan "Mono markaz"larni tashkil etishga qiziqish bildirmoqda. Bu borada hamkorlikni samarali amalga oshirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat Savdo-sanoat palatasi, Xalq banki, “Аrastu” xalqaro investitsiyalar kompaniyasi va “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi muallifligida tayyorlandi. Memorandum asosida Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg`ona va Toshkent shahrida charmsanoat sohasi mutaxasisslarini tayyorlashga ixtisoslashgan "Mono markaz"lar tashkil etiladi. Ularga Turkiyalik dizayner va texnologlar bilim beradi. Yil oxiriga kadar 300 nafar O`zbekistonlik mutaxasisslarni soha boʼyicha o`qitiladi. Shuningdek, taʼlim dasturidan tashqari, Kompaniya Oʼzbekistonda poyabzal ishlab chiqarishni xam maqsad kilgan. 2024 yil yakuni bilan 100 ming juft sifatli poyabzal ishlab chiqarish reja qilinmoqda. Taʼlim markazlarining ish boshlashi yiliga 5000 nafar mutaxasissning tayyorlanishiga yordam beradi va ular Oʼzbekistonda 5 mln juft poyabzal ishlab chiqarilishiga oʼz xissasini qo`shadi. Kompaniya Oʼzbekistonda ushbu markazlarni kelgusi xaftadan tashkil etishni boshlaydi.

Uzcharmsanoat