O`ZBEKISTON-TURKIYA: HAMKORLIKNING YANGI YO`NALISHLARI

05.06.2024

O`ZBEKISTON-TURKIYA: HAMKORLIKNING YANGI YO`NALISHLARI

Turkiya Respublikasi poytaxti Anqara shahrida ikki davlat vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalar va tadbirkorlari ishtirokida O`zbekiston-Turkiya biznes forumi bo`lib o`tdi. “O`zcharmsanoat” uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Akbar Sultonov boshchiligidagi uyushmaga a`zo korxonalardan iborat delegatsiya ham O`zbekiston hukumati delegatsiyasi targibida mazkur forumda ishtirok etdi. 
To`rtta sessiyadan iborat mazkur anjumanda ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalrni yanada rivojlantirish, hamkorlikda yangi qo`shma loyihalarni amalga oshirish, eksport hajmlarini kengaytirish yuzasidan muloqotlar bo`lib o`tdi. 
Xususan, sanoat va geologiya sohasida qo`shma investisiya loyihalarini amalga oshirish mavzusidagi sessiya ishida uyushma raisi vazifasini bajaruvchi Akbar Sultonov Turkiya kampaniyalariga mamlakatimiz charm sanoati haqida taqdimot o`tkazdi.  O`zbekiston charm-poyabzal sohasida xorijiy investorlarga berilayotgan imkoniyatlar, soliq, bojxona imtiyozlari, ixtisoslashtirilgan sanoat zonalari, tayyor investitsiya loyihalari haqida ma`lumot berildi.
 Shuningdek, ikki mamlakatning aynan charm sanoat yo`nalishida amalga oshirilgan dasturlari, qo`shma loyihalari to`g`risida axborot berildi. Charm sanoat sohasi uchun mutaxasisslarni tayyorlash va qayta tayyorlash yo`nlaishida amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi. Bundan tashqari forum doirasida Turkiyada “Made in Uzbekistan” ko`rgazmasi o`z  ishini boshladi.

Uzcharmsanoat