Tbilisi shahrida o‘tkazilayotgan “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmasi doirasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi vakillari Gruziyaning innovatsion kompaniyalaridan biri — Wesavvy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Wesavvy — biznesni kengaytirish va raqamli konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniya bo‘lib, startaplar va investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Kompaniya biznes strategiyalar ishlab chiqish, raqamli transformatsiya, xalqaro bozorlarga chiqish bo‘yicha yirik tajribaga ega.
Muzokaralar davomida charm sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston startaplarining xalqaro bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlash, raqamli yechimlar joriy etish va xorijiy investitsiyalar jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonлар Wesavvy kompaniyasining raqamli konsalting tajribasi va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zolari — yosh tadbirkorlar va innovatorlar salohiyatini birlashtirib, charm sanoatida yangi zamonaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga эришди.
Ushbu uchrashuv Gruziya va O‘zbekiston o‘rtasida sanoat innovatsiyalari va startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik uchun yangi sahifa ochdi.
Tbilisi — O‘zbekiston charm sanoati uchun yangi imkoniyatlar makoni.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi vakillari tomonidan o‘tkazilgan muzokaralar yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, startap ekotizimini rivojlantirish va charm sanoatining raqamli transformatsiyasi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Uzcharmsanoat