Oʻzbekiston va Mo‘g‘uliston:  Junni qayta ishlash sohasida yangi hamkorlik

07.03.2025

Oʻzbekiston va Mo‘g‘uliston: Junni qayta ishlash sohasida yangi hamkorlik

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari M. Zaxidov Mo‘g‘ulistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi  Batbaatar Daadankhuu uchrashuv o‘tkazdi.
 
Muloqotda  qo‘y junini qayta ishlash sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va ushbu yo‘nalishda investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Mo‘g‘uliston – qo‘y juni ishlab chiqarish va uni qayta ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar qo‘y junini qayta ishlash bo‘yicha investitsion loyihalarni amalga oshirish, texnologiyalar almashish va ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Muzokaralar natijasida O‘zbekiston charm, poyabzal va jun mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlardan iborat maxsus ishchi guruh tashkil etishga kelishildi. Mazkur ishchi guruh Mo‘g‘ulistonga biznes missiya amalga oshirib, ushbu mamlakatda sohaning rivojlanish holatini o‘rganadi. Bu tashrif doirasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar Mo‘g‘uliston kompaniyalari bilan muzokaralar olib borishi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishishi kutilmoqda.

Uzcharmsanoat