“Uzbek Import Fair 2025”da charm sanoati yutuqlari namoyish etildi

07.10.2025

“Uzbek Import Fair 2025”da charm sanoati yutuqlari namoyish etildi

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Uzbek Import Fair 2025” xalqaro ko‘rgazmasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi korxonalari o‘z mahsulotlarini taqdim etdi. Charm, poyabzal, aksessuar va mo‘yna mahsulotlari bilan bezatilgan stendlarda mahalliy ishlab chiqarishning yangi namunalarini ko‘rish mumkin. Shuningdek, panel sessiyalarda charm sanoati tarmog‘ida importni kamaytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha sohadagi ilg‘or loyihalar muhokama qilindi.

Tarmoq korxonalari tomonidan joriy yilning to‘qqiz oyida 346 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, reja 112 foizga bajarildi. Shu bilan birga, 2024-yilga nisbatan import hajmi 98 million dollardan 82 million dollarga qisqardi — bu natija charm sanoatida mahalliy kooperatsiya, texnologik yangilanish va ichki xomashyo bazasining kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Ko‘rgazma doirasida tarmoqlar o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Uzcharmsanoat