Xorazm viloyatida charm sanoati sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Xalq banki, viloyat hokimligi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda, charm sanoatini rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va sohada axborot almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda muhim masalalardan biri — hududdagi charm sanoati korxonalariga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish bo‘lib, bu borada tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kerakligi ta’kidlandi. Xususan, banklar bilan ishlash orqali, tadbirkorlar o‘zlarining loyihalarini amalga oshirishda zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlanishi mumkinligi bildirildi. Shuningdek, xalqaro bozorlarga chiqish va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan charm mahsulotlarini global savdoda tanitish yo‘lidagi qadamlar muhokama qilindi.
Uzcharmsanoat