Namangan viloyatida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi, viloyat hokimligi hamkorligida 2025 yilda mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli mehnat bilan shug‘illanishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ishlar doirasida hududdagi charm sanoat sohasi tadbirkorlari bilan muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda charm sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdan tashqari uning eksportini ham samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, aholini kasbga o‘qitish bo‘yicha tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlar tomonidan charm sanoatiga ixtisoslashgan sanoat zonalari yonida tarmoq mahsulotlari uchun savdo nuqtalarini bapro etish, kichik va o‘rta biznesning ulushini yanada oshirishda moliya tashkilotlarining kredit linyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar berildi.
Uzcharmsanoat