Charm sanoatini rivojlantirishga oid muloqot Toshkentda

17.01.2025

Charm sanoatini rivojlantirishga oid muloqot Toshkentda

Poytaxtimizda "O‘zcharmsanoat" uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi, Savdo-sanoat palatasi va Xalq banki hamkorligida tadbirkorlar bilan muloqot tashkil etildi. Unda charm sanoati korxonalari rahbarlari, tadbirkorlar ishtirok etdi. Maqsad — mahalliy charm sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, loyihalarni moliyalashtirish va biznes muhitini yanada yaxshilashdir.

Muloqotda charm sanoatida ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha yangi ishlanmalar, yangi texnologiyalarni joriy etish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yuqori sifatli mahsulotlarning ishlab chiqarilishini oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan takliflar bildirildi. Moliyalashtirish dasturlari, imtiyozli kreditlar va ishlab chiqarishga qaratilgan subsidiyalar muhokama qilindi.

Toshkentdagi charm sanoati uchun xorijiy brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar ilgari surildi. Yangiliklarni qabul qilish va global bozorda raqobatdosh bo‘lish uchun xorijiy tajribalarni o‘rganish, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Uzcharmsanoat