2024 yil 15-17 oktabr kunlari Toshkent shahridagi “O'zekspomarkaz” MKMda “O'zcharmsanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Xalq banki tomonidan tashkil etilgan “UzCharmExpoEurAsia-2024” charm, poyabzal, attorlik, mo'yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar 17-xalqaro ko'rgazma-yarmarkasi bo'lib o'tadi.
Markaziy Osiyo, Yevropa, Osiyo mintaqasidan kelgan kompaniyalar va korxonalar, xorijiy brendlar o'z mahsulotlarini namoyish qilish bilan birga jahon charmsanoatidagi yangiliklar va innovatsiyalarni taqdim etadi.
“UzCharmExpoEurAsia-2024” xalqaro ko'rgazmasi bu professionallar va tajriba, talab hamda takliflar uchrashadigan manzildir.
Shuningdek, ko'rgazmada sanoatni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati va mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, charm sanoatiga LWG, SLF standartlarini joriy etish masalalariga alohida e'tibor beriladi.
Sizni kutib qolamiz.
Uzcharmsanoat