“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Qirg‘iz Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanbayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma invest loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Dastlab tomonlar charm sanoati sohasida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holatini muhokama qilishdi. Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Qirg‘iz respublikasi elchisi charm sanoatini rivojlantirishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganish, yirik mahalliy korxonalarimiz ishtirokidagi qo‘shma invest loyihalarni qo‘shni davlatda amalga oshirish taklifini bildirdi.
Shuningdek, tomonlar junni qayta ishlash va teri xom ashyosini yig‘ib olishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tashabbusini muhokama qilishdi. Elchini so‘zlariga ko‘ra bugungi kunda Qirg‘izistonda teri xom ashyosini qayta ishlash yetarli darajada bo‘lmagani bois, ko‘p qismi tashlab yuborilmoqda.
Muloqot so‘ngida tomonlar ikki davlat tadbirkorlari ishtirokida charm sanoat sohasida biznes turlar va muzokalar platformasini tashkil etishga kelishib oldilar.
Uzcharmsanoat