“O‘zcharmsanoat” uyushmasi Kengashi yig‘ilishining qaroriga muvofiq “O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi videokonferens aloqa, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish orqali 2025 yilning 30 oktyabr kuni soat 15-00da AT Xalq banki Bosh ofis binosining majlislar zali (manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7B-uy)da o‘tkaziladi.
Umumiy yig‘ilishning kun tartibi quyidagi masalalardan iborat:
1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishda yig‘ilish o‘tkaziladigan joyga shaxsan kelish yoki video konferens aloqa (VKA) tizimiga ulangan holda ishtirok etishi mumkinligini ma’qullash to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yengil sanoat sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida” 2025 yil
19 sentyabrdagi PF-174-son Farmoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.
4. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi markaziy apparati ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishda yetkazib beruvchilarni tanlash bo‘yicha raqobat tanlovi va tanlov savdolarini o‘tkazish tartibi”ni o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish asosida yangi tahrirda tasdiqlash.
5. Uyushma ijro etuvchi apparati tuzilmasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish asosida ushbu tuzilmani yangidan tasdiqlash hamda boshqaruv xodimlari cheklangan sonini belgilash to‘g‘risida.
6. Uyushma balansidagi ortiqcha xizmat yengil avtomashinalarini o‘rnatilgan tartibda sotish to‘g‘risida.
7. Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohasi korxonalari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida.
Shuningdek, Umumiy yig‘ilishda soha korxonalari faoliyatidagi muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.
Umumiy yig‘ilishda ishtirok etuvchilardan o‘z pasportlarini Sanoq komissiyasi a’zolariga ko‘rsatishlari, agar vakil ishtirok etadigan bo‘lsa, ushbu vakil nomiga yuridik shaxs nomidan yig‘ilishda ishtirok etish huquqini beruvchi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan Ishonchnomani Uyushmaning +99893 399 00 44 raqamli telegramm kanali orqali taqdim etishlari so‘raladi.
Yig‘ilish ishtirokchilari yig‘ilishga video konferens aloqa (VKA) tizimiga ulanish orqali yoki yig‘ilish o‘tkaziladigan joyga shaxsan kelish orqali ishtirok etishlari mumkin.
Yig‘ilish ishtirokchilari 2025 yil 30 oktyabr kuni soat 14-00 dan
15-00gacha ro‘yxatga olinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefon: 93 399 00 44 / 97 707 36 01.
Uzcharmsanoat