Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi charm sanoati sohasi tadbirkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Xalq banki, viloyat hokimliklari mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbirda charm sanoatini rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor charm sanoatida yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratildi. Xususan, teri va junni qayta ishlash loyihalarini rivojlantirish masalasi korib chiqildi. Bu yo‘nalishga moliya tashkilotlarining kredit liniyalarini jalb qilish imkoniyatlari o‘rganildi.
Tadbirkorlar tomonidan brending va xalqaro bozorlarga chiqish masalalariga ham katta e’tibor qaratildi. Charm sanoatining mahalliy mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqish va ularni brendlashtirish yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Tadbirkorlar xalqaro bozorlarda o‘z o‘rnini topish uchun innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga tayyorligini bildirishdi.
Uzcharmsanoat