Kichik sanoat zonalarini rivojlantirishda Italiya tajribasi

20.09.2024

Kichik sanoat zonalarini rivojlantirishda Italiya tajribasi

Fiera Milanoda bo'lib o'tgan xalqaro ko'rgazmalar doiraisda "O'zcharmsanoat" uyushmasi raisi v.b Akbar Sultonov Apenin oroli kompaniyasi "Aqua Industrial Group" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Muloqotda Toshkent viloyati Oxangaron tumanidagi charmsanoat kichik sanoat zonasiga joylashtiriladigan loyihalar uchun markazlashgan suv tozalash inshoatini Yevropa standartlari asosida qurish va foydalanish masalasi ko'rib chiqildi. Dastlab, kompaniya vakillariga mazkur sanoat zonasining joylashuvi, loyihalar haqida ma'lumot berildi. Italiya kompaniyasi tozalash inshoatini qurish jarayonlarida qatnashish istagini bildirdi. Barcha texnik jarayonlar Yevropalik mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi ma'lum qilindi. Bu yo'nalishdagi hamkorlikning amaliy va tashkiliy jihatlari atroflicha ko'rib chiqildi.
 Xalqaro ko'rgazma doirasida Uyushma delegatlari Italiyaning "Calzature" kompaniyasi bilan muzokara o'tkazdi. Unda teatr truppalari uchun, noananviy teatr  poyabzallarni ishlab chiqarishda Italiya tajribasini o'rganish va mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etish masalasi ko'rib chiqildi. "Calzature" kompaniyasi bu yo'nalishda Italiyadagi yirik teatrlarga ayni turdagi mahsulotlarni yetkazib berishda yetakchi sanaladi. Muzokaralarda kompaniya vakillari O'zbekistonga taklif qilindi. Toshkentda bo'lib o'tadigan ko'rgazmada hamkorlik memorandumi imzolanadi.
Mahalliy "Global Avangard" MCHJ vakillari Italiyaning "Tomasian" brendi bilan muloqot o'tkazdi. Mazkur brend qo'y terisidan Yevropa bozori uchun premium sinfidagi charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Brend endilikda O'zbekistondan qayta ishlangan "Wet-blue" charm mahsulotlarini harid qilishni maqsad qilgan. Ma'lumki mamlakatimizda bu turdagi teri xom ashyosi yetarli darajada. Muzokaralarning birinchi raundida hamkorlikning dastlabki jarayonlari, mahsulotlar sifatini brend talablariga moslashtirish masalasi ko'rib chiqildi.
 Shuningdek, Yevropa charm sanoatidagi eng yirik tashkilot "Cotanse" bilan ham uchrashuv bo'lib o'tdi. Muloqotda asosiy e'tibor O'zbekistondan qo'y terisini esport qilish masalasi bo'ldi. Ma'lumki mamlakatimizda qayta ishlangan qo'y terisi eksportidagi 10 fozilik bojxona boji olib tashlangan. Shu bois Yevropa tashkiloti Italiya, Ispaniya kompaniyalariga mamlakatimizdan xaridlarni amalga oshirishni reja qilmoqda. Shuningdek, YI kompaniyalarida O'zbekiston charm sanoati haqida to'liq ma'lumot shakillanishi uchun Toshkenda workshop tashkil etiladi.

Uzcharmsanoat