Tommy Hilfiger distribyutori O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqmoqda

18.09.2024

Tommy Hilfiger distribyutori O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqmoqda

Jahon charm sanoati yutuqlari namoyishi maydoni sanalgan Milan yirik xalqaro ko‘rgazmalarga mezbonlik qilmoqda. 
    “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga a’zo korxonalar ham ushbu nufuzli anjumanlarda yangi turdagi charm mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
    Ko‘rgazma doirasida mahalliy korxonalarimiz turli xorijiy davlatlar kompaniyalari bilan manfaatli muzokarlar o‘tkazmoqda.  
Sirdaryodagi “Peng Sheng” xorijiy kompaniyasi Portugaliyaning “Rubber Shoes”, Indoneziyaning “Hi Huat”, Hindistonning “Orjet Intermediates”, Turkiyaning “Talal Sultan” kabi kompaniyalari bilan O‘zbekistondan tayyor charm mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha muloqot o‘tkazdi. 
  Muzokaralarda yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan charm mahsulotlarga qiziqish yuqori bo‘ldi. Xorijiy kompaniyalar mahalliy korxonaning mahsulotlari na’munalarini qabul qilib oldi. Ular sinov nazoratlaridan o‘tkach, hamkorlik kelishuvlari imzolanadi.  
    “Lineapelle” xalqaro ko`rgazmasi doirasida “Peng Sheng”  korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan charm mahsulotlarga dunyoga mashxur “Tommy Hilfiger” brendining  Xitoydagi distribyutori katta qiziqish bildirdi. Aynan ushbu korxonada tayyorlanayotgan yangi turdagi charm mahsulotlari uchun ishlatilgan kimyoviy moddalar inson salomatligiga umuman tasiri yo`q. Bu o`z navbatida brend e’tiboriga tushdi. Brend kelgusida hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha korxona mahsulotlarini sinovdan o`tkazadi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatadi.
   Shuningdek, “Pelle Technology”, “Hamkor-Nur-Savdo”, “Ulkan Laziz” korxonalarimiz Vengriya, Portugaliya, Misr, Pokiston kompaniyalari bilan mahsus poyabzallar, qayta ishlangan qo`y terisini yetkazib berish bo`yicha muzokaralar o`tkazdi.
 

Uzcharmsanoat