Sizga Toshkent shahrida joylashgan “MMM Amin Bio” MCHJ tomonidan mahalliylashtirilgan protein mahsuloti haqida ma’lumot beramiz. Korxonada oyiga 5 tonna protein ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq xalqaro sifat standartlariga javob beradi. Avallari ushbu mahsulot Xitoy, Belorus, Rossiyadan olib kelingan. Xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida korxona mahsulot uchun “Halol” sertifikatini olgan. Mahsulotning bir tonnasi 5,5 ming dollar. Ichki bozor 100% qoplanadi. Ayni vaqtda korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar Rossiyaga eksport qilinmoqda. “Halol” sertifikatining olinishi bilan Musulmon davlatlar bozorida ham talab ortmoqda.
Hamkorlik uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
Toshkent shahri, Bektemir tumani, X.Bayqaro ko‘chasi 15a uy
Uzcharmsanoat