O‘zbekiston-Hindiston: hamkorlikning yangi qirralari

11.09.2024

O‘zbekiston-Hindiston: hamkorlikning yangi qirralari

O‘zbekiston-Hindiston: hamkorlikning yangi qirralari

Ayni kunlarda Hindiston ishbilarmonlari delegatsiyasi mamlakatimizda bo‘lib turibdi. 11 sentabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. 
 Kun tartibida ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida aloqalarini faollashtirish va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin oldi.
Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “O‘zcharmsanoat”, "O‘zto‘qimachiliksanoat", "Oʼzeltexsanoat" uyushmalari hamda Hindistonning "Sharda University", "Wapcos Limited", "Crystal Crop Protection Limied" va "Solar energy" korxonalari tomonidan taqdimotlar namoyish etildi.
Davra suhbati yakunlariga ko‘ra, char-poyabzal farmatsevtika, logistika, qurilish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.
 

Uzcharmsanoat