TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIK KENGAYMOQDA

27.07.2024

TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIK KENGAYMOQDA

“O‘zcharmsanoat” uyushmasidan iborat delegatsiya Belarus Respublikasining Vitebsk davlat texnologiya universitetiga tashrif buyurdi. Muloqotda qo‘shma ta’lim dasturalari asosida mamlakatimiz charm sanoati tarmog‘i uchun malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.  

Ma’lumot uchun, Vitebsk davlat texnologiya institutida bugungi kunda 20 ta bakalavr, 8 ta magistratura yo‘nalishida 43 ming talaba tahsil oladi. Ularga esa 300 nafar pedogog hamda proffesorlar ta’lim berib kelmoqda. 

Tashrif chog‘ida uyushma delegatsiyasiuniversitetda yaratilgan sharoitlar, innovatsion va dizayn markazlar faoliyati bilan tanishdi.  Shuningdek, institut ilmiy jaomasi tomonidan ishlab chiqilgan ishlab chiqarish laboratoriyalari, o‘quv dasturlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi. Ilmiy tadiqiqotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi tajribasi o‘rganildi. O‘zbekistonning charm-poyabzal va mo‘yna sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

O‘zbekistonlik talabalarni Belarusning talabalar otryadlarida ishtirok etishi yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha fikr almashildi. Bu mamlakitmiz yoshlariga yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etishga ko‘maklashadi. Natijada esa bo‘lajak mutaxassislarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, talabalar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini shakllantirish imkonini yaratadi. Tomonlar samarali hamkorlik umumiy maqsadlarga erishishda muvaffaqiyat kaliti bo‘lishiga ishonch bildirdi.

 

Uzcharmsanoat