CHARM SANOATI LOYIHALARI GIGP PLATFORMASIDAN JOY OLADI

16.07.2024

CHARM SANOATI LOYIHALARI GIGP PLATFORMASIDAN JOY OLADI

 “O‘zcharmsanoat” uyushmasida Global biznesni rivojlantirish (GIGP) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatimiz charm sanoati tarmog‘idagi yangi invest loyihalarni platformaga joylashtirish masalalari muhokama etildi.

 Dastlab xalqaro tashkilot vakillariga mamlakatimiz charm-poyabzal sanoatining ishlab chiqarish, investisiya, eksport ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, bojxona, soliq imtiyozlari tushuntirildi. Yangi invest loyihalar paketi haqida axborot berildi.

Ma’lumot uchun:Global Biznesni Rivojlantirish Platformasi mustaqil platforma boʻlib, u turli sohalardagi ishbilarmonlarni birlashtirib, yangi biznes imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan. Mamlakatlar uchun qo‘shimcha qiymat yaratish, milliy va xalqaro biznesni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan. Iqtisodiy rivojlanishning barqaror o'sishini ta'minlash uchun hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashadi. 70 mllionlik xaridorlar manziliga ega platformada barcha korxonalar o‘z mahsulotlari, tijorat takliflari va loyihalarini joylashtirishi mumkin.

 Uchrashuvda tomonlar aynan mazkur platformaga O‘zbekiston charm sanoat korxonalari ro‘yhati va tarmoqda ishlab chiqilgan yangi invest loyihalar to‘plamini joylashtirish masalasini myhokama etishdi.

Hamkorlik ikki bosqichda amlaga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Dastlab, mamlakatimiz korxonalari va yangi invest loyihalar ushbu platformadan joy oladi. Platforma vakillari xorijiy investorlarni jalb etishda korxonalarimizga amaliy va texnik ko‘mak ko‘rsatadi. Ikkinchi bosqichda esa ishlab chiqarishini ko‘chirish maqsadida bo‘lgan xorijiy kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb etish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.

 Muloqotda har ikki yo‘nalishda “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

Uzcharmsanoat