Habaringiz bor joriy yilning 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ananaga muvofiq mamlakatimiz biznes doira vakillari bilan “Ochiq muloqot” o‘tkazadi. Ayni vaqtda ushbu anjumanga puxta tayyorgarlik ko‘rish va tadbirkorlardan kelib tushayotgan takliflarni o‘rganish jarayonlari ketmoqda. “O‘zcharmsanoat” uyushmasida tashkil etilgan shtabda ham mamlakatimiz charm sanoati korxonalari tomonidan kelib tushayotgan tashabbus va takliflarni umumlashtirish va joylarda xal etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shu kunga qadar Uyushma shtabiga 50 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Ularning 60 foizi joyida hal etildi. Respublika darajasidagi takliflar esa SSP tomonidan tashkil etilgan respublika shtabiga umumlashtirilib yuborildi. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi vakillari Toshkent viloyatidagi tadbirkorlar bilan uchrashib ularning murojaatlari bo‘yicha o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
Xususan, Xitoylik investor o‘z mahsulotlarini Yevropaga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Ammo katta hajmdagi buyurtmalarni bajarishda uning xozirgi imkoniyatlari yetarli darajada emas. Shu maqsadda amaliy ko‘mak s‘rab korxona “Ochiq muloqot” shtabiga murojaat qildi. Uyushma vakillari bu borada amaliy ko‘mak ko‘rsatishga va viloyat hokimlgi bilan bu masalani xal qilish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishni ma’lum qildi.
O‘tgan yilgi ochiq muloqotda ham tadbirkorlar oldidagi ko‘plab masalalar hal qilib berilgan edi. Bu yilgi “Ochik muloqot”dan ham tadbirkorlar katta natijalar kutmoqda. Ular aniq biladiki Prezident eng ko‘p beriladigan muammoli masalalar bo‘yicha aniq yechimlarga qaratilgan qarorlar qabul qiladi.
Uzcharmsanoat