2024-yil yakunida jahon charm sanoatining savdosi 520 milliard dollarga yetadi. 2032-yilga kelib, sanoat savdolari 800 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

24.12.2024

2024-yil yakunida jahon charm sanoatining savdosi 520 milliard dollarga yetadi. 2032-yilga kelib, sanoat savdolari 800 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Xalqaro "Market Intelligence" HTF MI (https://www.htfmarketreport.com/sample-report/3088595-leather-goods-market-1?utm_source=Altab_Linkedin&utm_id=Altab) nashri 2024-yil yakunlari va 2032-yilgacha bo‘lgan jahon charm sanoatining rivojlanishini o‘rganishga bag‘ishlangan yangi tadqiqotini e’lon qildi. Tadqiqotda, jahon bozorida eng yirik charm sanoati ishtirkochilari sifatida "Gucci", "Prada", "Louis Vuitton", "Coach", "Hermès" va "Fossil" keltirilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2024-yil yakunida jahon charm sanoatining savdosi 520 milliard dollarga yetadi. 2032-yilga kelib, sanoat savdolari 800 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonga tadqiqotda alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston charm sanoatining rivojlanishi va ishlab chiqarish hajmlarining oshishi istiqbollariga katta umidlar bog‘lanmoqda. Poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish bu sohaning asosiy tarmog‘i sifatida qolishi bashorat qilinmoqda.

 2032-yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, xususan, O‘zbekistonda charm mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.

Uzcharmsanoat