2024 yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mahallalarda aholi bandligi va daromadli mehnat bilan ta’minlashga qaratilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda 2025 yilda amalga oshiriladigan ishlar va davlat-xususiy sektor hamkorligiga alohida e’tibor berildi.
Yuqoridagi vazifalar ijrosi yuzaidan Davlat boshqaruv akademiyasida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminarda shahar va tuman hokimlariga 2025 yil uchun ishlarni amalga oshirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.
"O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi A.Sultanov mahallalarda ish o‘rinlari yaratish va aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
2025 yilga mo‘ljallangan asosiy maqsadlardan biri mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va eksport salohiyatini oshirish. Shu maqsadda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlik orqali investitsiya loyihalarini joylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, charm sanoati eksport hajmini 25%ga oshirish va bandlikni 15%ga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
Uzcharmsanoat