Charm sanoat sohasining maqsadli parametrlarini ta’minlashda ustuvor vazifalar

25.11.2024

Charm sanoat sohasining maqsadli parametrlarini ta’minlashda ustuvor vazifalar

 Savdo-sanoat palatasida charmsanoat sohasining maqsadli parametrlarini ta’minlashda ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, Xalq banki, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi markaziy apparati va hududiy boshqarmalar vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov Uyushma a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qarori bilan Uyushma raisi lavozimiga A.Sultanov tayinlanganligi munosabati bilan tanishtiruv-taqdimot jarayonini amalga oshirib, Uyushma rahbariyati va tarmoq oldida turgan muhim vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng D.Vaxabov charmsanoat sohasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, investitsiya va eksport dasturlari asosida 2024 yil uchun belgilangan maqsadli parametrlarni to‘liq ta’minlash borasida muhim choralarni ko‘rish lozimligini qayd etdi.

Shuningdek, Uyushma raisi A.Sultanovning charmsanoat mahsulotlarini jahon bozorida raqobatbardosh qilish uchun marketing va brendingni rivojlantirish, narx siyosatini ishlab chiqish, raqobatbardosh narxlar taklif etish va xarajatlarni optimallashtirish orqali mahsulotning narxini barqaror saqlash bo‘yicha tarmoqda olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Yig‘ilishda ishlab chiqarish jarayonlarini boshqaradigan va texnik yangiliklarni kiritish uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, o‘qitish yuzasidan qator takliflar ishlab chiqildi.

Tadbir so‘ngida ushbu ustuvor vazifalar orqali charmsanoat sohasida yuqori samaradorlik, barqaror rivojlanish va raqobatbardoshlikni ta’minlash mumkinligi ta’kidlandi.

Uzcharmsanoat