Turkmanistonning Turkmanobod shahrida ikkinchi Turkmaniston-O‘zbekiston hududlararo forumi doirasida “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etgan xalqaro forum doirasidagi ko‘rgazmada “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga a’zo korxonalar ham jamoaviy stend bilan ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning charm sanoati sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan innovatsion yechimlar va yuqori sifatli mahsulotlar namoyish etildi. Stendda tayyor charm, poyabzal, attorlik buyumlari, jun va mo‘yna mahsulotlari Turkmaniston tomoniga taqdim etildi.
“Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, bu tadbir O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga ko‘maklashadi.
Uzcharmsanoat