Bugungi #MadeinUzbekistan rukni orqali sizga eksportchi korxona “Sitonni” MCHJ va uning mahsulotlari haqida ma’lumot beramiz. Korxona Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan. 2019 yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Korxona erkaklar va ayollar poyabzalini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Korxona Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlardagi kompaniyalar bilan eksport shartnomalarini imzolagan. Hozirda Germaniyaning “Berkemann” kompaniyasi bilan eksport shartnomasini imzolash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
“Sitoni” MCHJning yillik eksport hajmi – 200 ming dollarni tashkil etadi. Xodimlar soni – 20 dan ortiq. Korxonaning Rossiya va Qozog‘istonda rasmiy do‘konlari faoliyat yuritmoqda.
Uzcharmsanoat