Pokiston Islom Respublikasining Karachi shahrida 2024 yil 23-25 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “5th International Textile&Leather Exhibition” xalqaro ko‘rgazmasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalardan iborat delegatsiyasi “Made in Uzbekistan” jamoaviy stendi bilan ishtirok etdi.
Mahalliy tadbirkorlarimiz tashqi bozorlarda haridorgir, innovatsion va raqobatbardosh bo‘lgan tayyor charm va undan tayyorlangan erkaklar, ayollar, bolalar va mahsus poyabzallar, charm-attorlik hamda mahsus kiyim mahsulotlarining 100 ga yaqin turlari namoyish etildi.
Xalqaro ko‘rgazma davomida charm-poyabzal va charm-attorlik sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarning yirik kompaniyalari bilan B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda savdo-iqtisodiy aloqalarning istiqbollari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, sanoat va eksport salohiyatini yanada rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama etildi. Shuningdek, mamlakatimiz charm-poyabzal va charm-attorlik korxonalarini yanada rivojlantirish va ularning eksport saloxiyatini oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Pokistonning “Shafiq Brothers” kompaniyasi tomonidan yurtimizda qo‘y terisidan qayta ishlangan charm mahsulotlari xaridi yuzasidan taklifi bildirildi. Muzokaralar davomida “Havar Interprayziz” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar na’munalari taqdim etildi. Muzokaralar yakunida “Havar Interprayziz” MCHJ tomonidan “Shafiq Brothers” kompaniyasiga charm mahsulotarini yetkazib berish bo‘yicha 800 ming dollarlik eksport shartnomasi imzolandi.
Uzcharmsanoat