“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim”

21.10.2024

“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim”

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligini 35 yilligini nishonlash maqsadida “O‘zcharmsanoat” uyushmasida  “O‘zbek tilining kelib chiqish tarixi, xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati, o‘zbek tilining go‘zalligi va sofligini saqlash to‘g‘risida”gi mavzuda “Davra suhbati” tashkil etildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. 
Tabrikda qayd etilganidek, keyingi yillarda koʼplab idoraviy hujjatlar davlat tiliga oʼtkazildi, 100 mingdan ortiq geografik obʼektning nomi davlat reestriga kiritildi, hududlardagi 150 mingdan ziyod tashqi yozuvlar davlat tili va reklama toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirildi.

Rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning oʼzbek tili boʼyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida milliy test tizimi joriy etilib, qisqa vaqt ichida 3 mingdan ziyod talabgorning qariyb 1 ming 500 nafariga davlat tilini bilish boʼyicha sertifikatlar berildi.

Tadbirda so‘z olganlar ona-tilimizning asl go‘zalligini saqlagan xolda uni avlodlarga beziyon yetkazish lozimligini, uning boy merosini chuqur o‘rganish har bir fuqaroning burchi ekanligini takidlashdi.

Uzcharmsanoat