Ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

18.10.2024

Ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

🔹“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Akbar Sultanov Bangladesh xalq respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Mohammad Monirul Islam bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda asosiy e’tibor ikki davlat o‘rtasida charm sanoat sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, eksport-import, ta’lim yo‘nalishlariga qaratildi.

🔹Dastlab elchiga O‘zbekiston charm sanoatining ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mahalliy va xorijiy investorlarga davlat tomonidan yaratib berilayotgan sharoit, ajratilgan preferensiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari to‘g‘risida axborot berildi. Bangladesh biznesini mamlakatimiz charmsanoatiga faol jalb etish bo‘yicha tashabbuslar o‘rtaga tashlandi.

🔹Bangladesh elchisi o‘z navbatida ikki tomonlama aloqalarni yanada kengayrtishda O‘zbekiston va Bangladesh charm sanoati uyushmalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish samara berishini qayd etdi. Shuningdek, ishlab chiqarishda o‘zaro tajriba almashish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish lozimligini qayd etildi.

🔹Muloqot so‘ngida tomonlar ikki davlat kompaniyalar ishtirokida biznes missiyalar va forumlar tashkil etishga kelishib olishdi.
 

Uzcharmsanoat