Sanoatning “drayver” sohalari deputatlar nazoratida

08.04.2024

Sanoatning “drayver” sohalari deputatlar nazoratida

Sanoatning “drayver” sohalari deputatlar nazoratida

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasida onlayn hamda offlayn shaklida Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish hamda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda deputatlar, partiya faollari tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga  a'zo korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xisoboti tinglandi.

Uyushma oldiga 2024–2026 yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish hamda 2023–2025 yillarda jami qiymati 1,0 mlrd dollarlik 769 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 41,8 ming yangi ish o‘rinlari yaratish vazifasi belgilangan.

Shuningdek, uyushmaga a'zo 200 dan ziyod korxonalarda halqaro sifat menedjmenti (ISO) sertifikatlarini olish bo‘yicha tarmoq rejalari tuzilgan bo‘lib, unga muvofiq, 75 ta korxonalar tomonidan xalqaro sertifikat (ISO:9001) o‘zlashtirishga erishildi.

  Uyushmaga a'zo korxonalar tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar bilan atroflicha muhokama etildi.

   Shuningdek, hududlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish uchun yangi investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish borasida erishilayotgan natijalar, 2030 yilgacha charm-poyabzal, metallurgiya, elektrotexnika va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish dasturlari ijrosi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi. Davra suhbati davomida, investitsiya sohasida erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni yechimi bo‘yicha takliflar ham tinglandi.

Uzcharmsanoat