“Red Dragonfly” O‘zbekistonga investitsiya kiritadi

03.03.2025

“Red Dragonfly” O‘zbekistonga investitsiya kiritadi

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi A. Sultanov Xitoyning yirik poyabzal ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri – “Zhejiang Red Dragonfly Shoes” rahbariyatidan iborat delegatsiya bilan uchrashdi. 

Muloqot chog‘ida kompaniyaning mamlakatimizga kiritmoqchi bo‘lgan investitsiya loyihasi doirasida Andijon, Namangan, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Xitoyning Chendu shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida “Zhejiang Red Dragonfly Shoes” kompaniyasi rahbariyati bilan qiymati 10 million AQSh dollariga teng bo‘lgan yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan edi.
Uchrashuv davomida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer maydonlarini ajratish masalasida dastlabki muzokaralar boshlandi. Xitoy kompaniyasi vakillari mamlakatimizning turli hududlariga tashrif buyurib, ishlab chiqarish uchun qulay lokatsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Muzokaralar davomida ushbu yer maydonlarini ajratishning tartib-taomillari ko‘rib chiqildi.

Mazkur oyda “Zhejiang Red Dragonfly Shoes” kompaniyasi prezidenti boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrif buyurishi va loyiha bo‘yicha yakuniy kelishuv imzolanishi kutilmoqda.

Uzcharmsanoat