“O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zolari bo‘lgan korxonalar rahbarlari diqqatiga!

19.05.2025

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zolari bo‘lgan korxonalar rahbarlari diqqatiga!

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi videokonferens aloqa, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish orqali 2025 yilning 30 may kuni soat 11-00da AT Xalq banki Bosh ofis binosining majlislar zali (manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7B-uy)da o‘tkaziladi.
Umumiy yig‘ilishning kun tartibi quyidagi masalalardan iborat:
1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishda yig‘ilish o‘tkaziladigan joyga shaxsan kelish yoki video konferens aloqa (VKA) tizimiga ulangan holda ishtirok etishi mumkinligini ma’qullash to‘g‘risida.
3. Uyushma ijro etuvchi apparatining hamda Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 2024 yil uchun yillik hisobotlarini ko‘rib chiqish va ma’qullash.
4. Uyushma ijro etuvchi apparatining hamda Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 2025 yil uchun xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish va ma’qullash.
5. 2025 yilda sohani yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari va maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilash to‘g‘risida.
6. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zoligiga qabul qilish va a’zolikdan chiqarish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
7. Uyushma Kengashi raisi va a’zolarini saylash.
8. Uyushma Boshqaruv raisi va Boshqaruv a’zolari vakolatlari muddatini uzaytirish to‘g‘risida.
9. Uyushma ijro etuvchi apparati tuzilmasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish va ushbu tuzilmani yangidan tasdiqlash.
Shuningdek, Umumiy yig‘ilish yakunida soha korxonalari faoliyatidagi muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.
Umumiy yig‘ilishda ishtirok etuvchilardan o‘z pasportlarini Sanoq komissiyasi a’zolariga ko‘rsatishlari, agar vakil ishtirok etadigan bo‘lsa, ushbu vakil nomiga yuridik shaxs nomidan yig‘ilishda ishtirok etish huquqini beruvchi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan Ishonchnomani Uyushmaning +99893 399 00 44 raqamli telegramm kanali orqali taqdim etishlari so‘raladi.
Yig‘ilish ishtirokchilari yig‘ilishga video konferens aloqa (VKA) tizimiga ulanish orqali yoki yig‘ilish o‘tkaziladigan joyga shaxsan kelish orqali ishtirok etishlari mumkin.
Yig‘ilish ishtirokchilari 2025 yil 30 may kuni soat 10-00 dan
11-00gacha ro‘yxatga olinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefon: 71 256 94 15 (ichki 160).

Узчармсаноат