“O‘zcharmsanoat” uyushmasida
2025-yil iyul oyi bo‘yicha
ijro intizomiga rioya etilishi va murojaatlar bilan ishlash holati tahlili hamda ijro muddati avgust oyida keladigan, alohida nazoratga olingan topshiriqlar bajarilishini yo‘lga qo‘yish jarayoni to‘g‘risida
MA’LUMOT
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda – “Uyushma”) faoliyatida ijro nazorati hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash jarayonlari normativ-huquqiy va o‘zga turdagi hujjatlarga, shu jumladan: O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli Qonuni bilan yangi tahriri tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjat – O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining: “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli farmoni; ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori, “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli farmoni; Vazirlar Mahkamasining bir qator tegishli qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi darajasida, xususan, Bosh vazir maslahatchisi tomonidan belgilangan topshiriq-xatlarga asoslangan holda amalga oshirib kelinmoqda.
Uyushmada ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati xususida Uyushmaning tegishli bo‘g‘inlari, jumladan, boshqarmalari va bo‘limlarida ishlayotgan rahbar xodimlar, zarur o‘rinlarda boshqa barcha mas’ul xodimlari ishtirokida tanqidiy ruhdagi muhokamalar o‘tkazib kelinayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori va Vazirlar Mahkamasining qarori shaklidagi normativ-huquqiy hujjat Uyushmaga kelib tushgan barcha hollarda, bunday hujjatning mazmunidan hamda shu hujjatda Uyushmaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va (yoki) umumiy tarzda aloqadorlik bilan topshiriq yuklanganligi yoki yuklanmaganligidan qat’iy nazar, mazkur hujjatlar Uyushma raisining buyrug‘i bilan ma’lumot, qo‘llanma, ijro uchun qabul qilinishi amaliyoti to‘liq va muntazam yo‘lga qo‘yib kelinmoqda.
Ma’lumot uchun: ijro intizomi va nazorati yo‘nalishidagi islohot xususida keyingi vaqtlardagi muhim voqelik – PF-117-sonli farmon e’lon qilinganidan keyin umuman Uyushmada mazkur yo‘nalishdagi jarayonlar sifatini yanada yaxshilash, ushbu farmondan kelib chiqadigan, Uyushma jamoasi oldida turgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun xodimlarni tayyorgarligini ta’minlash va chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida:
• barcha tegishli xodimlar ishtirokida 2025-yil 30-iyulda seminar o‘tkazildi (https://www.uzcharm.uz/uz/news/2025/7/30/madeinuzbekistan/);
• so‘z borayotgan masalalar Uyushma Boshqaruvining alohida kengaytirilgan yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va zarur qaror qabul qilindi (yig‘ilish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan);
• ushbu farmon hamda hamda uning bajarilishini tashkil etish xususida Vazirlar Mahkamasining: 2025-yil 29-iyuldagi 13/1-2575-sonli topshirig‘i va 2025-yil 2-avgustdagi 13/1-2575-sonli topshirig‘i bilan belgilab berilgan vazifalarning Uyushma faoliyatiga tegishli muayyan qismlari amalga oshirilishi yuzasidan Uyushma raisining alohida buyrug‘i imzolangan, xususan, u bilan Reja-grafik (“Nazorat rejasi”) tasdiqlangan.
Mavjud ko‘pgina topshiriqlar bajarilishi jarayonlari to‘g‘risisida so‘z borar ekan, ular tarkibidagi alohida nazorat ostiga olingan topshiriqlar ijrosi misolida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.
Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi – “ijro.gov.uz”da 2025-yil iyul oyi bo‘yicha Uyushma kesimida qayd etilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi va boshqa topshiriqlari turkumiga kiruvchi, alohida nazoratga olingan topshiriqlar jami soni 10 ta miqdorni tashkil qilgan (shundan: 7 tasi qarorlarda, 3 tasi bayonlarda belgilangan) bo‘lib, ular barvaqt – 21-iyul holatiga to‘liq bajarib bo‘lingan.
“ijro.gov.uz”da 2025-yil avgust oyi bo‘yicha Uyushma kesimida qayd etilgan, yuqorida ta’kidlangan turkumga kiruvchi, alohida nazoratga olingan topshiriqlar jami soni 7 ta miqdorni tashkil qilgan (shundan: 5 tasi qarorlarda, 2 tasi bayonlarda belgilangan; ular tarkibidan ijrosi uchun bevosita nazorat: 4 tasi bo‘yicha ham raisning birinchi o‘rinbosarining, 3 tasi bo‘yicha raisning investitsiyalar va eksport bo‘yicha o‘rinbosarining zimmasiga yuklangan) bo‘lib, ular ijrosini imkon boricha barvaqt ta’minlash uchun harakatlar yo‘lga qo‘yilgan.
Tegishli barcha topshiriqlar, shu jumladan, yuqorida ta’kidlangan turkumga kiruvchi, alohida nazoratga olingan topshiriqlarning muayyan (ijrosiga Uyushma u yoki bu tarzda mas’ul etib belgilab berilgan) qismining iyul oyda ijro etilishi holati va ijro muddati shu oydan avgust oyida keladigan bunday topshiriqlar bajarilishini yo‘lga qo‘yish jarayoni muhokamasi xususida Uyushma Boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishi joriy oyda ham o‘tkazildi (bu yig‘ilishlar bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan).
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari bilan belgilangan tegishli topshiriqlar ijrosi holati to‘g‘risida Uyushma rahbariyati keng jamoatchilikka davriy ravishda hisobot berishi borasida tadbirlar ham Uyushmada shaklllangan tajribaga, o‘rnatilgan tartibga muvofiq, shu jumladan, PF-117-sonli farmon 7-bandida belgilanganiga binoan 2025-yil 1-oktabrdan boshlab har chorakda yo‘lga qo‘yib borilishi ta’kidlanadi.
Uzcharmsanoat